Chordoqdan topilgan "Superman" komiksi tarixiy rekordni yangilab, 9,12 million dollarga baholandi

E’lon qilingan sana· 103
Chordoqdan topilgan "Superman" komiksi tarixiy rekordni yangilab, 9,12 million dollarga baholandi

Kaliforniyada vafot etgan onasining uyini tartibga keltirayotgan uch aka-uka chordoqdan 1939-yilda chop etilgan original Superman #1 komiksi topib olishgan. Bu nashr Supermanning ilk mustaqil sarguzashtlarini tasvirlagan eng eski va eng noyob turkumlaridan biri sanaladi.

Topilgan komiks deyarli mukammal holatda bo‘lgan, yarim asrdan ko‘proq vaqt davomida chang, namlik yoki kuyib ketishdan saqlanib qolgan. Mutaxassislar bunga Shimoliy Kaliforniyaning salqin iqlimi yordam berganini ta’kidlashdi.

Komiks CGC tomonidan 10 balldan 9.0 reyting bilan baholandi — bu Superman #1 nashrlari orasida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich.

Natijada komiks Texasda joylashgan “Heritage” auksionida 9,12 million dollarga sotilib, tarixdagi eng qimmat komiks nomiga ega bo‘ldi. Shunindek, bu komiks o‘tgan yili $6 millionga sotilgan Action Comics No.1 rekordini yangiladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling