Kitobxonlikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi

E’lon qilingan sana· 121
Kitobxonlikni rivojlantirish jamgʻarmasi tashkil etiladi

Prezidentning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va aholi o‘rtasida kitob o‘qishga qiziqishni oshirishga qaratilgan qarori qabul qilindi, deya xabar bermoqda Gazeta.

Hujjatga ko‘ra, 2026−2030-yillarda aholining kitobxonlik darajasi yiliga o‘rtacha 10 ta kitob o‘qish ko‘rsatkichiga yetkazilishi rejalashtirilgan.

Shu maqsadda Yoshlar ishlari agentligi huzurida Kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish jamg‘armasi tashkil etiladi. Jamg‘arma yosh yozuvchilar uchun grantlar ajratish, ularning asarlarini nashr etish hamda bolalar adabiyotiga oid loyihalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Shuningdek, tanlov asosida iste’dodli mualliflarga bir yilgacha har oy 20,6 mln so‘mgacha haq to‘lash, xorijiy adabiyotlarni o‘zbek tiliga va milliy asarlarni chet tillarga tarjima qilish xarajatlarining katta qismini qoplash ko‘zda tutilgan.

2026-yildan boshlab tashkilot va muassasalarda “Kitob burchagi” va “Kitob o‘qish soati” joriy etiladi. Eng ko‘p kitob o‘qigan xodimlar va o‘quvchi-talabalar pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling