Rahimov School o‘quvchilarni TOP universitetlar sari tayyorlaydi

Rahimov School zamonaviy va xalqaro standartlarga mos ta’limni taklif qilmoqda — IELTS 7+, SAT 1400+ natijalari hamda Toshkent va Farg‘onadagi filiallarda 0–11 sinflar uchun sifatli ta’lim imkoniyatini yaratgan xususiy maktab.
Rahimov School — ochilganiga 3 yil bo‘lgan xususiy maktab. Toshkent shahrida 2 ta filial mavjud: Mirzo Ulug‘bek tumani (Temur Malik ko‘chasi, 3A) va Shayxontohur tumani (Ibn Sino 1-mavzesi). Shuningdek, Farg‘ona shahrida ham filial mavjud.

Maktab missiyasi
Maktab missiyasi — bolalarga sifatli ta‘lim berish, jamiyatga kerakli, o‘ziga, oilasiga va atrofiga foyda bera oladigan qilib ulg‘aytirish va tarbiyalash. Maktab bitiruvchilaridan mahalliylikni hurmat qiladigan, lekin global miqyosda ham kerakli bo‘ladigan shaxslar tarbiyalanishini maqsad qilib qo‘ygan.
Qabul va o‘qish tillari
Qabul 0-sinfdan 11-sinfgacha amalga oshiriladi.

Darslar haftasiga 5 kun: dushanbadan jumaga qadar oʻtkaziladi.
Dars soatlari: 8:30 dan 16:50 gacha (tanaffuslar 10 daqiqa, nonushta 8:00 dan).
Ta’lim tizimi
Maktabda barcha fanlar ixtisoslashgan darajada o‘tiladi. Ayniqsa, ingliz tili va matematika fanlari boʻyicha dars soatlari ko‘proq qo‘yilgan:
- ingliz tili — bitiruvchilar IELTS imtihonidan 7+ daraja olishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan;
- matematika — bitiruvchilar SAT imtihonidan 1300+ ball olishi uchun yuqori saviyada mantiqiy fikrlash o‘rgatiladi.

Qaysi sinfda nimaga e’tibor beriladi:
- 0-sinf: ijtimoiylashuv, do‘st orttirish, maktabga moslashish, 1-sinfga tayyorlov;
- 1−4-sinf: ona tilida o‘qish va yozish, kitob o‘qish, o‘z fikrini yozma ifodalash, ijtimoiy ko‘nikmalar;
- 5−8-sinf: ilmiy fanlar (science), amaliy fanlar (ICT, Texnologiya), chet tillari, qobiliyatlar shakllantiriladi;
- 9−11-sinf: TOP universitetlarga tayyorlov, IELTS va SAT intensiv tayyorgarlik, portfolio va loyiha ishlab chiqish.

Maktab natijalari
Universitetga kirish. 2 yildan buyon bitiruvchilarning 100% universitetga kirib kelmoqda. Bugungi kunga qadar 72 xil universitetga, 200+ oʻquvchilar kirdi. Universitetlar orasida:
- Columbia University, Ivy League TOP-10;
- Hong Kong University (HKU) | QS Ranking;
- HKUST | QS Ranking;
- Michigan State University | QS Ranking;
- NYU Shanghai;
- Duke Kunshan University;
- University of Bristol, QS Ranking;
- Manhattan University;
- Syracuse University, QS Ranking;
- University of Alberta, QS Ranking kabi dunyoning TOP-10, TOP-50, TOP-100 taligida turadigan oliygohlar bor.

IELTS natijalari
2025−2026 oʻquv yilining oʻzida 20+ IELTS natijasi, shulardan 15 tasida 7,0 va undan yuqori ball:
- Jasmina Sobirjonova — 8,0;
- Farzona Abdumuxtorova — 7,5;
- Sayfulayev Javohir — 7,5;
- Ro‘ziboyev Odilbek — 7,5;
- Abdujabborova Mubina — 7,5;
- Shukurova Odina — 7,5;
- Mukumjonova Lobar — 7,0.
Shuningdek, umumiy IELTS olganlar soni 50+ nafarga yetgan.

SAT natijalari
Maktab oʻquvchilarni AQShning nufuzli univeristetlariga tayyorlaydi. Shu maqsadda yuqori sinf oʻquvchilariga SAT darslari qoʻyilgan. 2025−2026 oʻquv yilining oʻzida oʻquvchilar 14 ta SAT natijasi, shulardan 7 tasida 1400+ ball:
- Javohir Ravshanov — 1540;
- Zafar Soipov — 1490;
- Omonullayeva Parizoda — 1450;
- Abduvaliyev Abdulloh — 1390 qayd etishdi.

Arab tili — CEFR natijalari
25 ga yaqin o‘quvchi arab tili bo‘yicha CEFR imtihonida C1 / B2 / B1 natijalarini qo‘lga kiritdi (shulardan 2 tasi C1 darajasi).
Bepul to‘garaklar
Fan: Robototexnika, ICT, Arab tili, Ingliz tili, Kimyo, Fizika, Matematika, Xitoy tili, Tarix.
Sport: Futbol, Voleybol, Basketbol, Tenis, Shaxmat.
Shuningdek, mini futbol, basketbol va voleybol o‘yingohlari mavjud.
Ovqatlanish xizmati

Narxlar va qabul jarayoni
Oylik to‘lov: 6 500 000 so‘mdan (0−11-sinflar uchun). 0 va 1-sinf ingliz guruhlari uchun — 6 800 000 so‘m.
Chegirmalar:
- 2 va undan ortiq farzand uchun 5% chegirma;
- stipendiya va maxsus chegirmalar haqida maktab xodimlaridan so‘rash mumkin.

Qabul bosqichlari:
- Imtihon.
- Psixologik suhbat.
- Ota-ona bilan suhbat.
- Hujjatlar topshirish.
Dushanbadan shanbagacha,
Manzillar:
- Mirzo Ulug‘bek tumani, Temur Malik ko‘chasi, 3A;
- Shayxontohur tumani, Ibn Sino 1-mavzesi;
- Farg‘ona shahri, Mustaqillik shox koʻchasi. Mo‘ljal OHU.
Instagram: @rahimovschool
Telegram: t.me/rahimovschool
YouTube: @rahimovschool
Reklama huquqlari asosida.