Toshkentdagi “Naqsh” hunarmandchilik maktabida Ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tadi

26-iyun kuni Toshkentdagi “Naqsh” hunarmandchilik maktabida ilk pilot o‘quv yilining yakuniga bag‘ishlangan Ochiq eshiklar kuni tashkil etiladi.
Tadbir davomida mehmonlar maktab faoliyati, o‘quv jarayonida erishilgan natijalar va yangi diplom dasturi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Qirollik jamg‘armasining An’anaviy san’at maktabi hamkorligida tashkil etilgan “Naqsh” hunarmandchilik maktabi mamlakatda an’anaviy san’at va hunarmandchilik ta’limini rivojlantirishga qaratilgan muhim loyihalardan biri hisoblanadi.
2025-yil oktyabr oyida boshlangan pilot dastur doirasida islomiy geometrik naqshlar, an’anaviy bezak san’ati, me’moriy merosdagi mutanosiblik va kompozitsiya, biomorfik ornamentika hamda monumental g‘isht va tosh bezaklari bo‘yicha beshta intensiv modul o‘qitildi. Dastur davomida qariyb 70 nafar tinglovchi tahsil olib, ularning barchasi kurslarni muvaffaqiyatli tamomlab sertifikatlarga sazovor bo‘ldi.
Ochiq eshiklar kuni dasturi:
- 15:00−15:10 — Mehmonlarni kutib olish va ro‘yxatdan o‘tkazish
Mehmonlar maktabda kutib olinadi hamda ustaxona maydonlari va amaldagi ko‘rgazma bilantanishishga taklif etiladi. - 15:10−15:30 — Diplom dasturi taqdimoti
“Naqsh” hunarmandchilik maktabi vakillari va Qirollik jamg‘armasi Ananaviy san’at maktabio‘qituvchilarining kirish so‘zi. - 15:30−15:40 — Savol-javob qismi
Bo‘lajak talabalar va mehmonlar o‘qituvchilar bilan bevosita muloqot qilish hamda dastur vata’lim jarayoni yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. - 15:40−15:50 — Yakuniy ishlar taqdimoti
Pilot dasturining beshinchi moduli bitiruvchilari o‘z yakuniy loyihalarini namoyish etib, ishlardaqo‘llangan badiiy g‘oyalar va an’anaviy usullar haqida so‘zlab beradilar. - 15:50−16:00 | Sertifikatlarni topshirish marosimi
Qirollik jamg‘armasi Ananaviy san’at maktabi o‘qituvchilari pilot dastur bitiruvchilarigasertifikatlarni topshiradilar. Marosim yakunida yakuniy so‘zlar aytiladi va umumiy suratgatushiladi.
Shu kuni bo‘lajak talabalar Diplom dasturiga qabul talablari, portfolio topshirish tartibi va ariza berish jarayoni haqida batafsil ma’lumot olishlari mumkin bo‘ladi.
“Naqsh” hunarmandchilik maktabi sinov dasturi 2026-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan ikki yillik diplom dasturiga tayyorgarlik bosqichi bo‘lib xizmat qiladi. Loyiha O‘zbekistonning boy madaniy merosini xalqaro ta’lim tajribasi bilan uyg‘unlashtirgan holda, an’anaviy san’at va dizayn sohasida yangi avlod ijodkorlarini tayyorlashni maqsad qilgan.