TEAM University 11-sinf bitiruvchilari uchun Case Championship musobaqasini o‘tkazadi

E’lon qilingan sana· 71
TEAM University 11-sinf bitiruvchilari uchun Case Championship musobaqasini o‘tkazadi

30-iyun kuni soat 10:00 da TEAM University’da 11-sinf bitiruvchilari uchun TEAM Case Championship intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir o‘quvchilarga o‘zlarining tahliliy fikrlash, jamoada ishlash va muammolarni hal qilish ko‘nikmalarini sinab ko‘rish imkonini beradi.

Bir kun davomida ishtirokchilar jamoalarda ishlagan holda Universal Bank, Korzinka, Golden Lake va Ipak Yuli Bank kompaniyalari tomonidan taqdim etilgan haqiqiy biznes-kейсlarni yechadilar. O‘quvchilar muammolarni tahlil qilib, yechimlar ishlab chiqadi hamda o‘z g‘oyalarini ekspertlar hay’ati oldida taqdim etadi.

Musobaqa formati ishtirokchilarga kelajakdagi tadbirkor, zamonaviy kompaniyalarning real vazifalar ustida ishlash imkonini beradi.

TEAM Case Championship g‘oliblari iPad hamda TEAM University’da ta’lim olish uchun 50 foizgacha grantlarni qo‘lga kiritadi. Boshqa ishtirokchilar ham universitetning ta’lim grantlariga ega bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

TEAM University — O‘zbekistondagi birinchi tadbirkorlik universiteti bo‘lib, mamlakatning yetakchi kompaniyalari rahbarlari va tadbirkorlari tomonidan tashkil etilgan. Universitet amaliy ta’lim, loyiha asosida o‘qitish va biznes hamjamiyati bilan yaqin hamkorlikka asoslangan.

Bugungi kunda universitet tadbirkorlik, xalqaro biznes, marketing va raqamli innovatsiyalar yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavriat dasturlarini taklif etadi. Shuningdek, talabalarga Buyuk Britaniya (London South Bank University) va Fransiyaning (Montplelier Business School) hamkor universitetlari bilan birgalikdagi xalqaro ta’lim yo‘nalishlari ham taqdim etiladi.

TEAM University’dagi ta’lim jarayoni real biznes keyslarini yechish, loyihalar ustida ishlash va sanoat vakillari bilan hamkorlikka asoslanadi. Talabalar o‘qish davomidayoq amaliy loyihalarda qatnashib, tadbirkorlik tafakkurini rivojlantiradi hamda biznes muammolarini hal qilish bo‘yicha tajriba orttiradi.

Universitetda Bloomberg Finance Lab faoliyat yuritadi, ta’lim muhiti esa yetakchilik ko‘nikmalari, tadbirkorlik tafakkuri va zamonaviy mehnat bozorida talab etiladigan professional kompetensiyalarni rivojlantirishga qaratilgan.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, TEAM Case Championship ishtirokchilarga nafaqat o‘z salohiyatini sinab ko‘rish, balki universitet muhiti, professor-o‘qituvchilar va TEAM University’ning ta’lim yondashuvi bilan yaqindan tanishish imkonini beradi.

Sana: 30-iyun, soat 10:00.
Manzil: TEAM University, Temur Malik ko‘chasi 146.

Oldindan ro‘yxatdan o‘tish orqali bepul ishtirok etish mumkin.

Havola orqali ro‘yxatdan o‘tish mumkin.

Telefon: (+998) 78−113−0828.
Manzil: Temur Malik ko‘chasi, 146, TEAM University.

Sayt: teamuni.uz
Facebook: fb.com/teamuni.uz
Instagram: @teamuni_uz
Telegram-channel: t.me/TEAMuniversityuz
Telegram-contact: t.me/qteamuni

Reklama huquqlari asosida.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling