Anons

Art-branch: “Anri Matiss. Yovvoyi ranglardan zamonaviy dizayngacha”

E’lon qilingan sana· 13
Art-branch: “Anri Matiss. Yovvoyi ranglardan zamonaviy dizayngacha”

Just Wine Bar’da “Anri Matiss. Yovvoyi ranglardan zamonaviy dizayngacha” mavzusida art-branch bo‘lib o‘tadi.

Uchrashuv dasturidan rassomning ijodiy yo‘li va XX asr san’atidagi o‘rni, fovizm yo‘nalishining xususiyatlari, Matissning qirqma texnikasi va dekorativ uslublari, shuningdek, uning g‘oyalari zamonaviy dizayn, interyer, moda va vizual madaniyatga qanday ta’sir ko‘rsatgani haqidagi ma’ruza o‘rin olgan. Mehmonlarni interaktiv qism, tematik o‘yin va jonli muhokama ham kutmoqda.

Ishtirok etish narxi: 250 ming so‘m.

Narxga ma’ruza va interaktiv dasturda ishtirok etish, esdalik materiallari hamda tanlov asosida bir ichimlik kiradi.

Ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur.

Murojaat uchun: (+998) 91−782−9357.

Jadval

26-iyul
15:00
Telegram kanalimizga obuna bo‘ling