Anons
Human House Gallery’da konseptualizm haqida ma’ruza
E’lon qilingan sana: · 0

Human House Gallery’da g‘oya shakldan ustun qo‘yiladigan san’at yo‘nalishi — konseptualizmga bag‘ishlangan ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Ma’ruza davomida ishtirokchilar konseptualizm tarixi, uning asosiy tamoyillari va yetakchi rassomlari bilan tanishadi. Shuningdek, konseptual san’atni boshqa yo‘nalishlardan ajratish hamda asarlardagi ma’noni tahlil qilishni o‘rganadi.
Tadbirda oddiy buyum qanday qilib muzey eksponatiga aylanishi mumkinligi haqidagi savolga ham javob beriladi.
Ma’ruzani kino rassomi, Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti bitiruvchisi hamda VGIK o‘qituvchisi Aleksandr Manaxov olib boradi.
Ishtirok narxi: 100 000 so‘m.