Anons
Human House’da “Out of Order” spektakli
E’lon qilingan sana: · 0

Human House Gallery’da ingliz dramaturgi Rey Kuni pyesasi asosida sahnalashtirilgan “Out of Order” komediyasi namoyish etiladi.
Spektakl syujetiga ko‘ra, bitta kichik yolg‘on kutilmagan mehmonlar, kulgili vaziyatlar va bir-biriga ulanib ketgan tushunmovchiliklar sabab qator g‘aroyib voqealarga sabab bo‘ladi.
Spektakl ingliz tilida namoyish etiladi. Uni Script Theatre jamoasi sahnalashtirgan, rejissyor — Abdurashid Yoqubov. Rollarni Temur Mirzakarimov, Mirabror G‘ulomov, Ariana Fatullayeva va boshqa aktyorlar ijro etadi.
Yosh cheklovi: 16+.
Chipta narxi: 75 000 so‘mdan boshlanadi.