Anons
Gyote-Institutda hamshiralik kasbi haqida uchrashuv
E’lon qilingan sana: · 17

Gyote-Institut kutubxonasida Germaniyada hamshira bo‘lib ishlash imkoniyatlariga bag‘ishlangan axborot uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.
Tadbir davomida Germaniya sog‘liqni saqlash tizimida hamshiralik kasbi, zarur ta’lim va til darajasi, O‘zbekistonda olingan diplomni tan olish tartibi hamda ishga joylashish jarayoni haqida ma’lumot beriladi. Uchrashuv “Mein Weg nach Deutschland” dasturi doirasida tashkil etiladi.
Uchrashuv 2 soat davom etadi. Tadbir nemis va o‘zbek tillarida olib boriladi.
Kirish bepul.
Ma’lumot uchun telefon: (+998) 78−140−1470.
Jadval
6-avgust
17:00