Zero Waste Ikat Design Lab laboratoriyasi

Human House Gallery’da ijodiy Zero Waste Ikat Design Lab laboratoriyasi bo‘lib o‘tadi.
Hunarmandlar uyushmasi va galereya moda fakultetlari talabalari, yosh dizaynerlar hamda faoliyatini endi boshlayotgan modelyerlarni ishtirok etishga taklif qilmoqda.
Uch kun davomida ishtirokchilar tabiiy qo‘lda tayyorlangan matolar va an’anaviy ikat bilan ishlaydi: har bir ishtirokchi zero waste tamoyillari asosida ikkita mualliflik mahsuloti hamda mato qoldiqlaridan aksessuar yoki dekorativ buyum yaratadi.
Oflayn mashg‘ulotlardan so‘ng ishlar onlayn davom etadi. Ishtirokchilarga Lola Sayfi mentorlik qiladi. Loyihani ALIPH va Yevropa Ittifoqi qo‘llab-quvvatlagan.
Jami 10 ta o‘rin mavjud, ishtirokchilar tanlov asosida saralanadi. Arizalar 14-avgustgacha qabul qilinadi.
Ishtirok etish bepul.
Shartlar va ariza topshirish shakli — havolada.