Anons
Kamilla Axmed bilan kuzatuvchanlik to‘garagi
E’lon qilingan sana: · 42

Respublika bolalar kutubxonasi majlislar zalida Kamilla Axmed bilan kuzatuvchanlik to‘garagi bo‘lib o‘tadi.
To‘garakning ilk mehmoni — rejissyor va Tashkent Film School, Kinoxona Art Cinema hamda Sestra Films asoschilaridan biri Mixail Borodin bo‘ladi.
Mixail ilhom manbalarini qayerdan qidirish, o‘zi ish faoliyatida qaysi manbalardan foydalanishi va kinoni qanday tomosha qilishi hamda yangi g‘oyalarni topishga nima ko‘maklashishi haqida so‘zlab beradi.
Ushbu havola orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi, joylar soni cheklangan.