Ta’lim muassasalarida darslar qachondan boshlanishi e’lon qilindi
E’lon qilingan sana: · 42

O‘zbekiston maktablarida yangi — 2026/2027-o‘quv yilida 2-sentyabr, chorshanbadan boshlanadi.
Joriy yilda birinchi sinfga qabul qilinadigan 795 mingdan ortiq o‘quvchiga 12 nomdagi o‘quv qurollaridan iborat “Prezident sovg‘asi” tantanali topshiriladi.
Shuningdek, oliy ta’lim tashkilotlarida:
- 1-bosqich talabalari uchun — 7-sentabrdan;
- 2-bosqich va undan yuqori bosqich talabalari uchun — 14-sentabrdan o‘quv jarayonlari tashkil etiladi.
Akademik litsey va texnikumlarda o‘quv jarayonlari 2-sentabrdan boshlanadi.