Anons
“Ajdodlarni qanday topish mumkin?” ma’ruzasi
E’lon qilingan sana: · 2

Human House’da shajara tuzish va katta hajmdagi ma’lumotlar orasida adashib qolmaslik haqida ma’ruza bo‘lib o‘tadi.
Klinik psixolog va genealog-tadqiqotchi Svetlana Komissarova qidiruvni nimadan boshlash, qarindoshlardan qanday ma’lumot olish, arxivlar va internetdan hujjatlarni qayerdan izlash, O‘zbekistonda ajdodlarni izlashning o‘ziga xos jihatlari hamda DNK-genealogiya aslida nimalar berishi haqida so‘zlab beradi. Shuningdek, shajarani va avlodlar bo‘yicha ro‘yxatlarni qanday rasmiylashtirish tushuntiriladi.
Amaliy qism ham bo‘ladi: ishtirokchilar ma’ruzaning o‘zidayoq o‘z shajarasini tuzishni boshlaydi.
Davomiyligi — 1,5 soat. Yosh cheklovi — 16+.
Ishtirok etish narxi: 100 000 so‘mdan boshlab.