Anons
Orol assambleyasi
E’lon qilingan sana: · 16

Nukus shahrida Orol assambleyasi bo‘lib o‘tadi. Uch kunlik dastur Orol maktabi bitiruvchilari, mentorlar, mahalliy hamjamiyat vakillari va taklif etilgan ekspertlarni ochiq muloqot va tajriba almashish uchun bir maydonda jamlaydi.
Dasturdan hamjamiyatlar, landshaft, suv va kelajak amaliyotlariga bag‘ishlangan ma’ruzalar, davra suhbatlari va ochiq sessiyalar, shuningdek, Orol maktabi bitiruvchilari hamrohligidagi shahar sayrlari, mahorat darslari, madaniy uchrashuvlar va film namoyishlari o‘rin olgan.
Assambleya doirasida Orol maktabining navbatdagi o‘quv mavsumi uchun ochiq tanlov e’lon qilinadi va uning yangi mavzusi taqdim etiladi. Bu Maktab rivojida hamda uning Orolbo‘yi hududi bilan aloqalarida yangi bosqichni boshlab beradi.

Jadval
11dan 13-sentabrgacha