Anons
Nikolay Dubinin bilan uchrashuv
E’lon qilingan sana: · 22

Toshkentga “Послезавтра” YouTube kanali muallifi Nikolay Dubinin keladi. Uchrashuv “Kreativ iqtisodiyot: raqamli kontent yaratish” deb nomlangan.
Suhbat tomoshabin e’tiborini nima boshqarishi haqida bo‘ladi: atrofdagi noodatiy narsalarni qanday payqash, oddiy holatlardan hikoyalar topish, millionlab ko‘rishlar yig‘adigan videolarni qanday hikoya qilish, yozish va montaj qilish haqida so‘z yuritiladi.
Yosh cheklovi — 6+.
Chiptalar narxi: 250 000 so‘mdan 500 000 so‘mgacha.
