Anons
Yapon choy marosimi namoyishi
E’lon qilingan sana: · 33

Navro‘z bog‘ida o‘zbekona kolorit bilan an’anaviy yapon choy marosimi namoyish etiladi.
Marosimni Yaponiyadagi eng qadimiy va mashhur choy marosimi maktablaridan biri bo‘lgan Urasenke choyxonasining malakali ustasi va dotsenti olib boradi. Mehmonlar ushbu marosim qanday tashkil etilgani, undagi har bir imo-ishora nima uchun muhimligini bilib oladi va barcha qoidalar asosida tayyorlangan choyni tatib ko‘radi.
Dastur quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
- choy marosimi tarixi boʻyicha ma’ruza;
- choy tayyorlash boʻyicha namoyish;
- shirinliklar bilan premium yapon matcha choyini tatib koʻrish;
- muhokama va savollarga javoblar.
Marosim ikki guruh uchun oʻtkaziladi hamda soat 13:00 dan 14:00 gacha va 14:00 dan 15:00 gacha davom etadi.
Ishtirok etish uchun oldindan roʻyxatdan oʻtish va toʻliq toʻlov talab qilinadi.
Ishtirok etish narxi: 160 000 soʻm.
Murojaat uchun telefon raqami: (+998) 93−540−39−90.
Jadval
31-oktabr
13:00
31-oktabr
14:00