![]() |
---|
Мультфильм
Узбекистан / 11 января 2019
Режиссер: M.Mahmudov, N.Abbosov, D.Vlasov
рейтинг (0 голосов) | ваша оценка | ||
0.0 |
«Quyosh yurti pahlavoni» nomli multfilm o'zbek animatsion filmlari tarixida to'lametrajli multfilm bo'lgan ilk kartina hisoblanishi bilan alohida ahamiyatga ega. Ushbu kartina ham o'zbek xalq ertaklari motivlariga asoslangan bo'lib, unda akalari ortidan go'zal malikani yalmog'iz changalidan ozod etish uchun yo'lga chiqqan No'xatpolvon turli sinovlarga duch keladi.
Ikki boshli bahaybat ajdarho va har qanday yovuzlikka qodir yalmog'iz qahramonimiz yo'liga g'ov bo'lishga urinadi. Ammo, No'xatpolvon bundan butunlay bexabar va kuchli raqiblariga peshvoz chiqishga tayyor emas edi. Qahramonimiz ularni engish uchun qanday yo'l tutadi, kim unga yordam beradi, u o'z yurtini yovuz kuchlardan ozod eta oladimi? Film davomida bolajonlarni shu kabi savollar chulg'ab oladi.
Filmda «Quyosh yurti pahlavoni»ning ajoyib va g'aroyib sarguzashtlari orqali halollik, mehnatsevarlik, muhtojlarga yordam berish singari tarbiyaviy ahamiyatga ega ezgu g'oyalar aks ettirilgan.
Свидетельство регистрации электронного СМИ №0400 от 24 мая 2007 г.
Учредитель: ООО «Afisha Media»
Главный редактор: Сапаева Галина Вячеславовна
Адрес: 100007, Ташкент, ул. Паркент, 26А / Почта: info@afisha.uz