«101 reys» filmining katta premyerasi bo'lib o'tdi

Опубликовано· 1 995
«101 reys» filmining katta premyerasi bo'lib o'tdi

1-iyun kuni, Kinochilar uyida uyida, «101 reys» filmining premyerasi boʻlib oʻtdi. Film Kinematografiya agentligi va «Yoshlik» kinostudiyasi tomonidan suratga olingan.

Film-Boing 757 samolyoti ekipaji va yoʻlovchilari bilan sodir boʻlgan ahamiyatli kun va voqealar haqida hikoya qiladi. 2001-yil 11-sentyabr, erta tongda «Oʻzbekiston havo yoʻllari» milliy aviakompaniyasining samolyoti Toshkentdan havoga koʻtarildi. Bu parvoz-tajribali uchuvchi- Zarif Sayidazimovning soʻnggi, yakunlovchi parvozi boʻldi.

«Transport vazirligi va Uzbekistan Airways kompaniyasiga, filmni yaratishda yaqindan yordam koʻrsatganlari uchun, minnatdorchilik bildirishni istardim. Shuningdek, bugungi premyera — filmdagi bosh rollardan birini yaratgan, ammo premyerani koʻrishgacha umr koʻrmagan va bugungi bayramni biz bilan baham koʻra olmagan sevimli aktyorimiz Hoshim Arslonovning xotirasiga koʻrsatilgan hurmat-ehtirom ham ekanligini alohida taʼkidlab oʻtmoqchiman», — deya izoh berdi Kinematografiya agentligining bosh direktori Firdavs Abduxoliqov.

«Prezident tashabbusi bilan o'tkazilayotgan madaniy-maʼrifiy tadbirlar doirasida, Qashqadaryoda „101 reys“ filmining namoyishi allaqachon boʻlib oʻtgan. Bugun esa, film toshkentlik tomoshabinlarga namoyish etilmoqda», — deya qoʻshimcha qildi u.


«„101-reys“ — haqiqiy qahramonlar hamisha oramizda ekanligini isbotlovchi film. Ushbu film, nafaqat samolyot ekipaji, balki xavf-xatarga duch kelganda kuchlarini yigʻib, oʻzlarining eng yaxshi insoniy xislatlarini ochib bera oladigan oddiy odamlarning jasorati, ular oʻz ishining ustasi ekanligi va matonati haqida», — deya izoh berdi kinolenta rejissyori Akrom Shohnazarov.


Film haqiqiy voqealarga asoslangan. Premyerada, shuningdek, bosh qahramonning prototipi, uchuvchi, Oʻzbekiston Qahramoni — Zarif Sayidazimov ham ishtirok etdi. Film ijodkorlari, bosh qahramonga ehtirom koʻrsatib, filmda uning ismi-sharifini oʻzgartirishsiz qoldirdilar. Aynan shu inson, 2001-yilning 11-sentyabrida jasorat koʻrsatib, kinoning asosida yotgan tarixiy va qahramonona parvozni amalga oshirgan.

Filmda suratga tushgan aktyor Umid Iskandarov ham, oʻz taassurotlari bilan boʻlishdi.


«Premyera kuni — uzoq kutilgan kun, bu kun har bir aktyor, butun suratga olish guruhi uchun bayram kunidir. Men ushbu filmning premyerasini intiqlik bilan kutgandim, chunki uning syujeti men uchun juda qadrli. Mening filmografiyamda, „101 parvoz“ filmining alohida oʻrni bor. Hech boʻlmaganda, suratga olish jarayonlariningz davomiyligi nuqtayi nazaridan. Ular juda uzoq davom etdi va ishlarimning eng qiziqarlisi boʻldi», — dedi Umid Iskandarov.

Рейс 101

Рейс 101
Ориг. название
101 рейс
Жанр
драма, биография
Время
120 мин / 2:0
Премьера
9 июня 2022 (Узбекистан) / 9 июня 2022 (Россия)
Бюджет
0
Режиссер
Акром Шахназаров
Воспроизводство, копирование, тиражирование, распространение и иное использование информации с сайта Afisha.uz возможно только с предварительного письменного разрешения редакции. Пользовательское соглашение
Свидетельство регистрации электронного СМИ №0400 от 13 августа 2019 г.
Учредитель: ООО «Afisha Media»
Главный редактор: Сапаева Галина Вячеславовна
Адрес: 100007, Ташкент, ул. Паркент, 26А / Почта: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
ООО «Afisha Media»