«Yakuniy bahoni tomoshabin bersin»: «Baron 2. Sog'inch» filmi premyerasi qanday o'tdi?

Опубликовано: 24 августа· 2 269
«Yakuniy bahoni tomoshabin bersin»: «Baron 2. Sog'inch» filmi premyerasi qanday o'tdi?

«Ko'proq kino tomosha qiling. Zavqlaning. Kino – bizlarni oz bo'lsa-da yaxshiroq, mehribon va pok bo'lishimizga undaydigan san’at», – Farhod Mahmudov Afisha.uz o'quvchilari uchun murojaatidan.

18-avgust kuni Toshkentda «Baron 2. Sogʻinch» filmiga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Filmning suratga olish ishlari Oʻzbekiston, Rossiya va Turkiyada olib borilgan. Oʻzbekiston kino amaliyotida birinchi marta lenta raqamli va uy kinoteatrlari uchun yuqori aniqlikdagi tasvirlarni taqdim etuvchi oʻta yuqori 4K rezolyutsiyada suratga olindi.

Film nafaqat oʻzbekistonliklar, balki chet elliklarni ham hurmatiga sazovor boʻlgan aktyor Farhod Mahmudov rolini mohirona gavdalantirgan oʻzbek razvedkachisi misolida, maxsus xizmatlar vakillari missiyasining murakkabligi haqida hikoya qiladi. Aktyor «Бригада», «Чужая стая», «Аманат», «Синдром жизни"va boshqa filmlarda suratga tushgan.

Afisha.uz muharriri film premyerasida bo’lib, uning ijodkorlari bilan suhbatlashdi.

Film rejisseri Rustam Sagdiyev: «Baron 2″ kinofilmi ko-produksiya formatida yaratilgan. Rossiyalik hamkorlar bilan imzolangan shartnomaga koʻra, kartina ikkita maqomga ega boʻladi — toʻliq metrajli film va serial maqomi. Bu esa turli sohalarda biz uchun katta istiqbollarni ochadi. Bugun shu filmni taqdim etayotganimiz men uchun bayram. Uni biz 4 yil suratga oldik, undan bir yili pandemiya davriga to’g’ri keldi. Endi esa tomoshabin ushbu filmni tomosha qilib, so’nggi bahoni bersin».

««Baron 2″ da suratga tushish men uchun ajoyib tajriba boʻldi. Qahramonim obrazi menga juda yaqin, qiziqarli va u tomoshabinlar qalbida aks-sado beradigan obraz ekanligini ayta olaman. Filmning birinchi qismi tomoshabinga yoqqanini inobatga olib, davomi ham bundan kam boʻlmagan qiziqish uygʻotishiga ishonaman. Biz turli xil joylar, lokatsiyalar, shaharlar va mamlakatlarda suratga tushdik. Bu hamisha maroqli», — deydi bosh rol ijrochisi Farhod Mahmudov.

«Qiyinchiliklarga qaramay, barchasi qizg’in kechdi» — kinokartina prodyusseri Ivan Arxipov

«Pandemiya tufayli eng qiyin narsa aktyorlarni Rossiyaga olib kelish, shuningdek, biz suratga olgan Suriya Arab Respublikasiga borish edi. U yerda kamera uskunalari bilan bog’liq qiyinchiliklar bor edi — biz kichik kameralar bilan suratga oldik. Zamonaviy o"zbek kinosi, ayniqsa, keyingi paytlarda jahon standartlari darajasiga yetgan deb hisoblayman. Bastakorning ijodi, munosabati… va umuman, barcha o"zbeklar, tor doiradagi mutaxassislar, ijodiy jamoa meni hayratda qoldirdi. Ular bilan ishlash qanchalik qulayliliga amin bo’ldim. Men bundan zavq oldim».

Film bastakori Zulfiya Xoshimova haqida gapiradigan bo’lsak. Uni film hikoyasi, syujeti, aktyorlarning o’yini va aldanib qolgan qizlarning soddaligi ilhomlantirgan. «Filmdagi asosiy musiqiy mavzu Nargiz va Bulat o’rtasidagi munosabatlarda ko’pincha takrorlanadigan og’riq mavzusi. Men uni lirika elementlari bilan uyg’unlashtirishga harakat qildim, sharqona cholg’u asboblarini qo’shib, ularning Sharqqa mansubligiga urg’u berdim. Rus aktyorlari ishtirokidagi kadrlarda esa men rus madaniyatiga yaqinroq asboblardan foydalanishga harakat qildim».

Aktyor Baxshillo Fatullayev: «Turkiya va O"zbekistonda suratga olish jarayonida qiyin damlar ko"p bo"lgan. Lekin Rustam [tahrir. Rustam Sagdiyev — rejissyor] barcha filmlarda mo’ljalni balandroq qo’yadi, uning har qanday filmga o’z yondashuvi, o’z qarashlari bor. Ko"p o"ylaydi, o"qiydi, o"z ustida ishlaydi. Filmning muvaffaqiyati ham shunda. Men maxsus xizmatlarning generali rolini o’ynadim va faqat filmni tomosha qilgandan keyingina qahramonim qanday jasorat ko’rsatganini tushuna boshladim».

Ta’kidlanishicha, «Ipak yoʻli durdonasi» XIV Toshkent xalqaro kinofestivali doirasida Rustam Sagdiyev, Ivan Arxipov, Viktoriya Tolstoganova, Igor Lifanov, Farhod Mahmudov, Viktor Verjbitskiylar ishtirokidagi filmning ijodiy jamoasi qizil yoʻlakdan oʻtib, filmning yana bir namoyishi bo’lib o’tishi kutilmoqda.

Нозима Хошимова
Автор
Нозима Хошимова