Zamonaviy san'at markazida Tashkent Music Encounters tadbiri bo'lib o'tadi

26−28 oktyabr kunlari Tashkent Music Encounters loyihasi doirasida mahalliy sozandalarning ijrolari bo‘lib o‘tadi.
Konsert dasturi Zamonaviy sanʼat markazida (CCA) taqdim etilib, uning maqsadi Markaziy Osiyo va boshqa mintaqaning anʼanaviy musiqiy yo‘nalishlardan tajriba sinov uslubigacha bo‘lgan musiqachilarini birlashtirishga qaratilgan. Tashkent Music Encounters ijodiy aloqa va hamkorlik uchun sharoitlar yaratish, keng jamoatchilikka musiqachilar ijodi bilan tanishish hamda ishtirokchilarga anʼanaviy konsert doirasidan chiqib, oʻziga xos meʼmoriy makonda ijro etish va uni yangicha idrok etish imkonini berishga intiladi.
Jazzirama
26-oktabr soat 18:30 da Jazzirama guruhi konserti bo‘lib o‘tadi. 2013-yildan buyon Jazzirama o‘zbek maqom janridan ilhomlanib, O‘zbekistonning asosiy jazz jamoalaridan birihisoblanadi. Jazzirama xorijlik musiqachilar bilan hamkorligi va o‘z musiqalarini mamlakatdantashqaridagi ijrosi sharofati bilan muntazam ravishda O‘zbekiston madaniyatini xalqaro muxlislargataqdim etib keladi. Shu bilan bir qatorda jamoa har yili «Jazz umidlari» loyihasini amalga oshirib, yoshijrochilar bilan murabbiylik faoliyatini olib boradi va ularga mahoratli ustozlar bilan bir sahnada ijroetish imkonini taqdim etadi.
Jazzirama guruhi tarkibi: Saidmurat Muratov (saksafon), Sanjar Nafikov (klaviatura), Andrey Prosvirnov (bas), Vladislav Nemtinov (zarb cholg‘ulari), Shavkat Matyakubov (vokal, tanbur, sato, qo‘shnay), Dilfuza Nurmetova (vokal).
Rishat
27-oktyabr soat 19:00 da Rishat konserti bo’lib o’tadi. Uning musiqasida pop, r&b, neo soul, funk va indie rock unsurlari mujassam. Rishat Behruz Ne’matov (klaviatura), Furqat Vahobov (gitara), Farruh Vahobov (bas-gitara) va Muhiddin Shoyunusov (baraban)dan iborat oʻz guruhi bilan ijro etadi.
Laliddin
27-oktyabr kuni soat 20:00da Laliddin kichik konsert dasturini taqdim etadi. Laliddin Xolmatov «Nashwan» guruhining qo‘shiqlar muallifi va yakka xonandasi, u ommabop The Cover Up televizion vokal tanlovining g‘olibi hisoblanadi. Uning «Nargiz» debyut ijrosi millionlab tomoshabinlarqalbini maftun etgan.
Izzat Rustamov
27-oktyabr kuni soat 20:30 da konsert Izzat Rustamovning ijrosi bilan davom etadi. Avval boshdan kasbiy musiqiyma’lumotga ega bo‘lmay turib, Izzat qalban o‘zining musiqachi ekaniga amin bo‘lgan, natijada u o‘zinitamomila o‘zi sevgan mashg‘ulotiga baxshida qilishga qaror qilgan. Izzatning qat’iy ishonchiga ko‘ra, musiqa jamiyatni shakllantirishga qodir inqilobiy salohiyatga ega, shu bois u o‘z ijodida dolzarbijtimoiy muammolarga e’tiborni jalb etishga intiladi.
Dzenpunk
28-oktyabr soat 19:30 da Dzenpunk guruhi ijro etadi. Dzenpunk elektron musiqa ijrochilari. Guruh tarkibida ikki nafar musiqachi Dmitriy Luzanov va Timur Badirovlar bor. Ularning ikkalovi ham tajriba sinovlar o‘tkazib va har safar san’at sarhadsiz ekanini isbotlab, mushtarak musiqa tilida xonish qiladi. Rasman guruh 2020-yilda tuzilgan. Musiqachilar taronalarni bastalash jarayonida insonlarning ovozi, tabiat tovushlari, elektron va jonli bit zarblari, sintezatorlar, elektron gitara va basdan foydalanadilar.
Barcha konsert dasturlariga kirish bepul.
Tadbirlar Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan.