MidJourney “Boburnoma” kitobining illyustratsiyasini yaratishga kirishdi

O‘zbekistonda Temur avlodi Zahiriddin Muhammad Boburning xotiralarini sunʼiy intellekt yordamida tasvirlash loyihasi yo‘lga qo‘yildi. Loyiha “Boburnama” Telegram-kanalida ishga tushirildi.
“Boburning eslatmalari” Buyuk Mo‘g‘ullar davridayoq imperatorlar uchun maʼlumotnoma bo‘lib xizmat qilgan, fors tiliga tarjima qilingan va hind miniatyurasining eng yaxshi ustalari tomonidan boy tasvirlangan.

MidJourney neyrotarmog’ida ishlangan illyustratsiya. Ushbu manzara asarda keltirilgan ta’riflarga ko’ra, Marg’ilonning anorlari va o’riklarini tasvirlamoqda.
Boburning nabirasi Akbar I asarni fors tiliga tarjima qilib, ko‘plab miniatyuralar bilan tasvirlashni buyurgan.
Ushbu loyiha mualliflarining taʼkidlashicha, ular mazkur loyihani boshlab yuborishgan: “Yoshlarga shunday ajdodimiz borligini yana bir bor eslatish va ularning eʼtiborini jalb qilishning eng yaxshi yo‘li — ular eshitgan zamonaviy texnologiyalardan foydalanishdir. Bugungi kunda bu MidJourney neyron tarmog‘i. Nega biz Bobur asarini tanladik, chunki u shaharlarni, odamlarni juda chuqur tasvirlab bergan va o‘sha davr muhitini bera olgan. Bu neyron tarmoq ishini osonlashtiradi”, — dedi loyiha mualliflaridan biri.

Misol uchun yuqoridagi illyustratsiya uchun ta’rif sifatida “Boburnoma"dagi quyidagi jumlalar olingan:
“Yana biri tog‘ etagida joylashgan Isfaradir. Oqar suvlari, safolik bog‘-bog‘chalari bor. Marg‘ilonning g‘arbi-janubidadir. Marg‘ilon va Isfara orasi to‘qqiz yig‘ochlik yo‘ldir. Mevali daraxtlari ko‘p, biroq boglarida aksar bodom daraxti ekiladi”.

“Yetti qasabasi (shaharchasi) bor: beshi Sayhun (Sirdaryo) suvining janub tara fida, ikkitasi shimol tomonida. Janubiy tarafidagi shaharlardan biri — Andijon, o‘rtada joylashgan, Fargona viloyatining poytaxtidir. Gʻallasi mo‘l, mevasi ko‘p, qovun va uzumi yaxshi bo‘ladi. Qovun pishigida poliz boshida qovun sotmoq rayem emas. Andijonning noshvotisidan yaxshiroq noshvoti (nok) bo‘lmas”.