Toshkentda Respublika bolalar kutubxonasi ochilmoqda

E’lon qilingan sana· 1 431
Toshkentda Respublika bolalar kutubxonasi ochilmoqda

Toshkent shahrida 31-avgustdan Respublika bolalar kutubxonasi ish boshlaydi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi xabar berdi.

Kutubxonada 31-avgust kuni ochilish marosimi hamda ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Qayta ta’mirlash ishlari mobaynida u kengaytirilib, javonlarga yana 21 ming kitob qo‘shildi. Bunda alohida e’tibor ilm-fan, san’at va me’morchilikka oid kitoblar saralamasiga qaratildi.

Ma’lumot uchun, kutubxona binosi XIX asr oxirlarida qo‘qonlik tadbirkor aka-uka Vadyayevlar tomonidan qurilgan. O‘tgan asrning 60-yillarida Alisher Navoiy nomidagi davlat kutubxonasining O‘smirlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi Vadyayevlar qarorgohidagi kutubxona binosiga ko‘chiriladi, keyinchalik u to‘liq Respublika bolalar kutubxonasi tasarrufiga berilgan.

Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ