Yangi yil arafasida qanday kitoblar oʻqish tavsiya etiladi?

E’lon qilingan sana· 495
Yangi yil arafasida qanday kitoblar oʻqish tavsiya etiladi?

Yangi yil bayrami tobora yaqinlashib bormoqda. Hash-pash deguncha 2023-yilni tarixga kuzatib, 2024-yilni qarshilab olamiz. Bayram kayfiyatini hosil qilish va saqlab qolish uchun qanday kitoblar oʻqishimiz kerak? Bugun sizlarga aynan ana shunday kitoblarni tavsiya qilamiz.

Bugungi roʻyxatimizda fentezi janridagi asarlar koʻpchilikni tashkil qiladi. Sababi ham oddiy — Yangi yil arafasida biz moʻjizalarga ishonishni xohlaymiz, fentezi janridagi kitoblar esa bizga bunda juda katta yordam beradi. Qani, ketdik!

“Qarsildoq va sichqonlar qiroli”, Ernst T. Amadey Gofman

“Щелкунчик и Мышиный король”, Эрнст Т. Амадей Гофман

“Qarsildoq va sichqonlar qiroli” bolalar ertagi XIX asr boshlarida nemis yozuvchisi Ernst Gofman tomonidan yaratilgan. U ertakchilikning o‘lmas durdonasi hisoblanadi. Deyarli ikki asrdan beri koʻplab mamlakatlarda Rojdestvo va Yangi yil bayramlari bu asarsiz oʻtmagan. Ertak asosida Chaykovskiyning mashhur baleti sahnalashtirilgan, koʻplab filmlar va multfilmlar yaratilgan.

Gofman “Qarsildoq"ni bolalar uchun yozgan, lekin uni kattalar ham yaxshi ko‘radi.


“Narniya yilnomalari”, Klayv S. Lyuis

“Хроники Нарнии”, Клайв С. Льюис

Ingliz yozuvchisi Klayv S. Lyuisning “Narniya yilnomalari” nomli yetti kitobdan iborat asari qadimiy afsonalar va ertaklar, bolalikdagi taassurotlar olamiga yetaklaydi. Bu turkum asarlar asosida suratga olingan filmlarni koʻpchiligimiz sevib tomosha qilganmiz-a? Kitobi undan ham qiziq.


“Bezovta odamlar”, Fredrik Bakman

“Тревожные люди”, Фредрик Бакман

Nega bu kitobni ushbu roʻyxatga kiritishga qaror qilganimni aniq tushuntira olmayman, ammo ushbu skandinav hikoyasini bayram oldidan oʻqish uchun ideal asar deb hisoblayman. Shved yozuvchisi Fredrik Bekmanning ushbu romani sakkiz xil odamning hayoti haqida hikoya qiladi.

Detektiv hikoya atributlariga ekanligiga qaramay, “Bezovta odamlar” juda ta’sirli va umidbaxsh kitob. Unda koʻplab hissiy va falsafiy lahzalar mavjud boʻlib, ular Bakmanning oʻziga xos sinizmiga yoʻgʻrilgan hazillari bilan muvaffaqiyatli uygʻunlashgan. Yangi yil arafasida oila va sevgi, yengil qaygʻu va tabassum haqidagi fikrlar ayni muddao.


“Garri Potter va hikmatlar toshi”, Joan Rouling

“Гарри Поттер и философский камень”, Джоан Роулинг

Yangi yil va Garri Potter. Bu ikkalasining uygʻunligi haqida Yangi yil arafasida tomosha qilish uchun mos filmlar haqidagi oldingi maqolamizda ham gapirib oʻtgan edim. Nega ekanligini esa ushbu maqolamizning boshida tushuntirib oʻtdim — fentezi janri ayni yangi yilbop janrdir. Va albatta, “Garri Potter va hikmatlar toshi” ushbu janrning yorqin vakili hisoblanadi. Menimcha boshqa izoh shart ham emas.


“Xobbit. Borish va qaytish”, Jon Tolkin

“Хоббит, или Туда и обратно”, Джон Толкин

Yana bir shedevr fentezi asar. Tolkin ham Rouling va Klayv Lyuis kabi oʻziga xos olam yaratgan. Siz bu olamga kirib borar ekansiz, u sizni oʻziga torta boshlaydi. Xobbitlar haqidagi turkum asarlar ham aynan shunday xususiyatga ega. “Xobbit. Borish va qaytish” hikoyasi afsonaviy ingliz yozuvchisining ilk nashr etilgan asaridir. Oʻquvchilarga hikoya shu qadar yoqqanki, ular yozuvchidan uning davomini soʻrashgan. “Uzuklar hukmdori” turkumi aynan shu asardan boshlangan.


“Kichkina xonimlar”, Luiza Mey Olkott

“Маленькие женщины”, Луиза Мэй Олкотт

“Kichkina xonimlar” — ta’sirchan kitob bo‘lib, uni yuzingizda tabassum bilan o‘qiysiz. Sizni muammolardan chalgʻitadigan va sizni iliqlik muhitiga choʻmdiradigan asar.

Olkott bu asarni qizlar uchun qizlar haqida yozgan. Ushbu kitob sahifalarida yosh qizlar o‘z tengdoshlari uchun dolzarb bo‘lgan muammolarni qanday boshdan kechirayotganini ko‘rishadi, yosh onalar esa yana o‘zlarining baxtli, beg‘araz bolaliklariga sho‘ng‘ishadi, oʻzlarining quvnoq hazillarini, ilk muhabbatlarini eslashadi.


“Odd va muz devlar”, Nil Geyman

“Одд и ледяные великаны”, Нил Гейман

Fentezi janridagi yana bir ajoyib asar. Nil Geyman ham yuqorida tilga olib oʻtilgan daholar kabi ajoyib fantast, u ham oʻz asarlari yordamida oʻziga xos olamlar yaratadi, oʻtmishda paydo boʻlgan asotirlarni zamonaviylashtiradi. U ushbu kitobni yosh bolalar, oʻsmirlar va kattalar uchun yaratgan. Hikoya Skandinav mifologiyasiga asoslangan boʻlib, qahramonlik va bolakayning katta boʻlishi haqida soʻzlaydi.

Umid qilamizki, bizning bugungi tavsiyalarimiz sizga bayram ruhini topib olishga yordam beradi. Yangi yil uchun menyusini yaratish, sovgʻalarni tayyorlash va moʻjizakor hikoyalarni oʻqish vaqti keldi.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ