Yilni qanday kitoblar mutolaasi bilan boshlash mumkin?

E’lon qilingan sana· 1 115
Yilni qanday kitoblar mutolaasi bilan boshlash mumkin?

Biz har yilning boshida qaysidir ma’noda yangidan hayot boshlaymiz. Kimdir oʻziga har kuni ertalab yugurishni boshlashni va’da qiladi, kimdir shu yili oʻz biznesini boshlashni va yana kimdir yangi tillarni oʻrganishni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻyadi. Qoʻyilgan maqsadlar, albatta, individual xususiyatlarimiz, atrof-muhitimizdagi oʻzgarishlar, trendlar va xohishlarimiz ta’sirida paydo boʻladi. Biz ushbu maqolada sizga oʻz maqsadlaringizga erishishda yoʻriqnoma boʻlib xizmat qila oladigan va mutolaa qilish tavsiya etiladigan kitoblarni jamladik.

Tavsiyalarimiz orasidagi kitoblarni rus va ingliz tillarida topish oson. Bu kitoblar orasida faqat bittasi — “Atom odatlar” oʻzbek tiliga tarjima qilingan. Shuning uchun qolgan kitoblarning faqat rus va ingliz tilidagi nomlarini keltirdik.


“Стратегия чистого листа: Как перестать планировать и начать делать бизнес”, Марк Розин

Uzun roʻyxatlar va uzoq muddatli rejalar bizni chalkashtirishi yoki tashvishga solishi mumkin. Darhaqiqat, soʻnggi bir necha yil har qanday mukammal strategiyaning ham oxir-oqibat bir pulga aylanishi mumkinligini koʻrsatib berdi.

Biz Stiv Jobs, Ilon Mask va shu kabi boshqa liderlarni koʻrib, ularga havas qilamiz. Ammo hozirda fikrlash uslubining boshqa koʻrinishlari, jumladan, opportunistik fikrlash, ya’ni puxta rejalashtirishlar oʻrniga paydo boʻlgan imkoniyatlardan unumli foydalanishni ilgari suradigan qarashlar ham mavjud. “Стратегия чистого листа” kitobida Mark kundalik hayotda osonlik bilan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan opportunistik fikrlashga asoslangan boshqaruv tamoyillarini umumlashtirib, tizimlashtirgan.


“Atom odatlar”, Jeyms Klir

Rus tilida: Атомные привычки. Как приобрести хорошие привычки и избавиться от плохих

Original nomi: Atomic Habits: An Easy & Proven Way to Build Good Habits & Break Bad Ones

Oʻz oldingizga nima maqsad qoʻyganingizdan qatʼiy nazar, ushbu kitob sizga har kuni oz-ozdan yaxshilanib borishning sinalgan dasturini taklif qiladi. Odatlarni shakllantirish boʻyicha dunyoning yetakchi ekspertlaridan bori Jeyms Klir yaxshi odatlarni shakllantirish, yomonlaridan xalos boʻlish hamda katta natijalarga olib boruvchi kichik odatlarni egallashni oʻrgatuvchi amaliy strategiyalarni ochib beradi.


“Неслучайная случайность: Как управлять удачей и что такое серендипность”, Кристиан Буш

Original nomi: The Serendipity Mindset: The Art and Science of Creating Good Luck

Nyu-York universiteti professori Kristian Bush 18 yoshida avtohalokatga uchrab, moʻjizaviy tarzda omon qoladi. Oʻshandan beri u baxtsiz hodisalar va kutilmagan voqealar bizning hayotimizga odatdagidan koʻra koʻproq ta’sir qilishiga koʻproq dalillar topdi. Kafedagi tasodifiy uchrashuv uzoq muddatli biznes hamkorlikka olib kelishi mumkin va praktik tasodifiy xatolik yangi ixtiroga olib kelishi mumkin. Serendipity — gʻayrioddiy yechimlarni topish, baxtli tasodiflarni tadqiq qilish va har bir narsada omadga erishish qobiliyati haqidadir.


“Стоики побеждают: Ментальные тренировки для преодоления жизненных трудностей”, Маркос Васкес

Stoitsizm — qadimgi donishmandlarga hayot muammolarini hal qilish va qiyinchiliklarni yengishda yordam beruvchi amaliy falsafasidir. Stoiklar bizni aql-idrok va tartib-intizomni rivojlantirishga, biz oʻzgartirishimiz mumkin boʻlgan va oʻzgartira olmaydigan narsalarni farqlashga undaydi. Seneka, Epiktet va Mark Avreliy falsafasini oʻzlashtirgan zamonaviy inson oʻz ruhi va tanasini mustahkamlashi, kundalik hayotdagi tartibsizliklarni yengish, diqqatni jamlashni rivojlantirish va hayotini tartibga keltirishi mumkin. Bunda stoiklar tamoyillari va zamonaviy psixologiya tushunchalarini birlashtirgan Markos Vaskesning kitobi yordam beradi. Shuningdek, u ongni rivojlantirishga va ongingizni tashvish, stress va vasvasalardan himoya qilishga yordam beradigan aqliy texnika va mashqlarni oʻz ichiga oladi.


“Философский экспресс: Уроки жизни от великих мыслителей”, Эрик Вейнер

Original nomi: The Socrates Express: In Search of Life Lessons from Dead Philosophers

Erik Veyner falsafaga boʻlgan ishtiyoqi tufayli bitta kitobda Russodan Nitsshegacha, Konfutsiydan Simona Veylgacha boʻlgan dunyoning buyuk mutafakkirlaridan ajoyib hayotiy saboqlarni jamlagan. Poyezdda sayohat qilish (tafakkur uchun ideal sayohat usuli) orqali u minglab kilometrlarni bosib oʻtib, Afina, Dehli, Vayoming, Koni oroli, Frankfurtda toʻxtab, falsafaning asl maqsadini kashf etadi: bizga yanada dono va mazmunli hayot kechirishni oʻrgatadi. Sokratdan Simona de Bovuargacha boʻlgan muallif tomonidan tanlangan faylasuflar bugungi tartibsiz dunyoda muhim manbalarga aylanadi.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ