Bola tarbiyasi haqidagi eng yaxshi kitoblar

E’lon qilingan sana· 1 631
Bola tarbiyasi haqidagi eng yaxshi kitoblar

Afisha.uz turli turkumdagi kitoblar haqidagi maqolalarini davom ettiradi va bugun biz bolalar tarbiyasiga oid eng yaxshi kitoblar haqida gaplashamiz.

“Uchdan keyin kech”, Masaru Ibuka

Oʻzbek tiliga tarjima qilingan va nashr etilgan.

Rus tilida qanday nom ostida nashr etilgan: “После трех поздно”.

Har bir bolada bir daho yashirin. Uning kim boʻlib voyaga yetishi esa kattalarning munosabati, tarbiyasi mahsulidir. Ushbu kitob esa bola tarbiyasiga oid oddiy va tushunarli usullar bilan tanishtiradi. Faqat bu borada kechikib qolmaslik lozim, kitobning nomida koʻrsatilganidek bolaning uch yoshgacha boʻlgan davrida e’tibor qilish kerak boʻlgan jihatlar bor. Kitob muallifi Masaru Ibukaning oʻzi Sony kompaniyasi asoschilaridan biri hisoblanadi.

Kitob oʻz bolasining kelajagi uchun qaygʻuradigan barcha ota-onalarga moʻljallangan.


“The Book You Wish Your Parents Had Read”, Philippa Perry

Oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan.

Rus tilida qanday nom ostida nashr etilgan: “Как жаль, что мои родители об этом не знали”.

Bola tarbiyasi bu juda katta fidoyilikni talab qiladigan mashaqqatli ish hisoblanadi. Mashhur psixoterapevt Filippa Perrining kitobi onalar va otalarning eng muhim savollariga javob beradi: homiladorlikdan tortib to bolalar bilan muloqotga qadar. Perri sizni “mukammal ota-ona” boʻlish yukidan xalos boʻlishga va haqiqatdan ham muhim boʻlgan narsalarga e’tibor berishga undaydi.


“Baqirmaydigan onalar”, Xadicha Kubro Tongar

Oʻzbek tiliga tarjima qilingan va nashr etilgan.

Farzandingizni hurmat qilasizmi? Albatta, hamma oʻz fanzandini yaxshi koʻradi. Ammo ularga munosib munosabat ko‘rsatish, tarbiyasida to‘g‘ri yo‘lni tanlay olish, uning shaxsini qadrlash har doim, har birimizning qo‘limizdan kelavermaydi.

Mazkur kitob nafaqat farzand o‘stirayotgan onalar, balki turmush ostonasidagi qizlar ham o‘qishi kerak boʻlgan kitoblardan sanaladi.


“Jazosiz tarbiya”, Adem Gunesh

Oʻzbek tiliga tarjima qilingan va nashr etilgan.

Bolalarni tarbiyalashda jazo qo‘llash haqida har kim har xil tushunchaga ega. Aslida bolalarni jazolab oʻstirish toʻgʻrimi? Ularni qanday tarbiyalash kerak? Ota-onalarni qiziqtirgan ana shunday savollarga Adem Gunesh ushbu kitobda javob berishga harakat qiladi.


“The Whole-Brain Child”, Daniel J. Siegel

Oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan.

Koʻplab amaliy maslahatlarni oʻz ichiga olgan ushbu kitobda neyropsixolog va eng koʻp sotilgan “Mindsight” kitobi muallifi Daniel J. Siegel va ota-onalar boʻyicha mutaxassis Tina Peyn Brayson sogʻlom miya sifatida rivojlanishiga yordam beradigan oʻn ikkita asosiy strategiya asosida tarbiya yondashuvini taklif qiladi. Mualliflar bolaning miyasi qanday ishlashi va u qanday rivojlanishi haqidagi yangi fanni tushuntiradi.


“Brain Rules for Baby”, John Medina

Oʻzbek tiliga tarjima qilinmagan.

Rus tilida qanday nom ostida nashr etilgan: “Правила развития мозга вашего ребенка”.

Bolani tarbiyalash, birinchi navbatda, uning miyasining rivojlanishi bilan bogʻliqdir. Inson miyasini ancha yillardan beri oʻrganib keluvchi Jon Medina ota-onalar chaqalogʻining tugʻilishidan oldin va keyin uning aqlli, gʻayratli, baxtli va axloqiy jihatdan sogʻlom boʻlishi uchun nima qilishlari kerakligini tushuntiradi. Muallifning tavsiyalari va maslahatlari neyrofiziologiya va neyropsixologiyaning soʻnggi yutuqlariga asoslangan, ammo bular hatto ilm-fandan uzoq odamlar uchun ham tushunarli va qiziqarli boʻladi.

Ushbu kitob 0 yoshdan 5 yoshgacha boʻlgan bolalarning ota-onalari va farzandli boʻlishni rejalashtirayotgan har bir kishi uchun foydali boʻladi.

Nazarbek Nazarov
Muallif
Nazarbek Nazarov
Afisha.uz saytidagi ma‘lumotlarni ko‘paytirish, nusxalash, tarqatish va boshqa maqsadlarda foydalanish faqat tahririyatning yozma ruxsati bilan mumkin. Foydalanuvchi kelishuvi
Elektron OAV guvohnomasi №0400. Berilgan sanasi 13-avgust 2019-yil
Muassis: «Afisha Media» MChJ
Bosh muharrir: Sapayeva Galina Vyacheslavovna
Manzil: 100007, Toshkent, Parkent ko‘chasi, 26А / Pochta: info@afisha.uz
© 2005-2024 Afisha.uz
«Afisha Media» MChJ