MrBeast TikTok'ni sotib olmoqchi

YouTube platformasida mashhurlikka erishgan bloger MrBeast TikTok ijtimoiy tarmogʻini AQShdagi taqiqdan saqlab qolish uchun sotib olishga tayyorligini ma’lum qildi. Bu haqda u oʻz X (sobiq Twitter) sahifasida yozib qoldirgan.
Blogerning YouTube kanaliga 340 millionga yaqin obunachi tashrif buyurgan. U yiliga taxminan 700 million dollar daromad keltiradi. Shu bilan birga, TikTok’ning qiymati 250 milliard dollarga baholanmoqda.
Birgina AQShda platformaning 170 million, dunyoda esa 800 million foydalanuvchisi bor. Ta’kidlanishicha, bir necha milliarderlar blogerga bitimni tuzishda yordam berishni taklif qilgan.
Aprel oyida AQShning amaldagi prezidenti Jo Bayden TikTok 2025-yil 19-yanvargacha Amerika kompaniyasi boshqaruviga o‘tishi kerak bo‘lgan qonunni imzolagandi. Aks holda platformaning mamlakat hududida ishlashi taqiqlanadi.
Amerika rasmiylari Xitoy hukumati foydalanuvchilar haqidagi ma’lumotlarni talab qilishi yoki ilovadan tashviqot uchun foydalanishi mumkinligidan xavotirda. Biroq TikTok vakillari buni bir necha bor rad etgan.