Yulduz Usmonova yangi "Sevgijon" taronasini e'lon qildi

E’lon qilingan sana· 4 396
Yulduz Usmonova yangi "Sevgijon" taronasini e'lon qildi

Oʻzbekiston Xalq artisti Yulduz Usmonova oʻz YouTube sahifasida 22-yanvar kuni yangi “Sevgijon” qoʻshigʻini e’lon qildi. Shuningdek, tarmoqqa qoʻshiq taqdimotidan video ham joylangan.

Qoʻshiq oʻz soʻzlarini boricha aytolmagan va sevgilisi oldiga qaytishni xohlayotgan odam tilidan kuylanadi.

Ma’lumot uchun, 8−27 fevral kunlari “Xalqlar doʻstligi” saroyida Yulduz Usmonovaning konsert dasturi boʻlib oʻtadi. Eslatib oʻtamiz, Afisha.uz oldinroq Yulduz Usmonovaning hayoti va ijodi haqida maqola e’lon qilgandi.