"Time100": dunyoning eng nufuzli kishilari roʻyxati e'lon qilindi

AQShning “Time” jurnali 2025-yilda dunyoning eng nufuzli 100 kishisi ro‘yxatini e’lon qildi. Unda, kutilganidek, bir qator siyosatchilar, xususan, Donald Tramp va turli san’at vakillari ham kiritildi.
Jurnal muqovasiga aktrisa Demi Mur, reper Snup Dogg, tennischi Serena Uilyams, qo‘shiqchi Ed Shiran va “DeepMind” sun’iy intellekti asoschisi Demis Hassabis suratlari joylashtirilgan.
Eng nufuzli “Artistlar” qatoriga aktyorlar Adam Skott, Skarlett Yohansson, Kristen Bell kiritilgan. “Titanlar” roʻyxatiga “Meta” kompaniyasi asoschisi Mark Sukerberg, “Prada modalar uyi aksiyadori Miuchchi Prada va gimnastikachi Simona Baylz ham bor.
“Pionerlar” orasida Janubiy Koreyalik mashhur qo‘shiqchi Rouz, huquqshunos Kordeliya Ber va DeepSeek rahbari Lyan Venfen bor. “Novatorlar” ro‘yxatiga astronom Vendi Fridman, rassom Mikaleyn Tomas va oshpaz Kvame Onvuachi kiritilgan. “Ikonalar” orasida esa aktyor Edrien Broudi, yozuvchi Rakel Uillis va faol Fatu Baldelarni koʻrish mumkin.
Rouz
Shuningdek, ro‘yxatga AQSH prezidenti Donald Tramp va uning ma’muriyatining olti a’zosi, xususan, samaradorlik departamenti (DOGE) rahbari ham kiritilgan.
“Yetakchilar” toifasiga Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Germaniyaning bo‘lajak kansleri Fridrix Mers, Suriya yetakchisi Ahmad ash-Shar'a, Argentina yetakchisi Xaver Miley va Meksika yetakchisi Klaudiya Sheynbaum kiritilgan.
“Time” jurnali ushbu roʻyxatni yakunlayotgan paytda Donald Tramp import uchun bojlarni e’lon qilgani va bu ham roʻyxatga ta’sir qilganini ta’kilagan.