Tom Holland va Zendaya toʻy marosimini yashirin tarzda oʻtkazadi

2025-yil boshida aktyor Tom Holland va aktrisa Zendeya unashtirilgani haqida xabar berilgandi. Aktrisaning uzoq yillik stilisti Lou Rouch ikki yulduzning to‘y rejalari haqidagi ba’zi qiziqarli tafsilotlar haqida gapirdi.
Rouchning aytishicha, Zendeyaning ko‘ylagi “haqiqatan ham chiroyli” boʻladi, lekin uni kimdir ko‘rishi ehtimoli kam.
“Ular juda maxfiy. Jurnallarda shov-shuvli burilishlar yoki sizib chiqadigan fotosuratlar boʻlmaydi”, — dedi Lou.
Stilist juftlikning yaqinlari ularning shaxsiy hayotini hurmat qilishini, shu sababdan to‘y suratlari e’lon qilinmasligini aytgan. Shuningdek, manbaga ko‘ra, yulduzlar katta ehtimol bilan toʻy marosimini yashirin tarzda o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, Holland va Zendaya Gollivudning eng koʻp muhokama qilinadigan juftliklaridan biri boʻlsa-da o‘zlarining munosabatlarini kamdan-kam hollarda izohlaydi.
Holland va Zendaya 2017−2021 yillarda “Oʻrgimchak odam” trilogiyasida birga rol ijro etgan. Juftlik 2021-yilda uchrashishni boshlagan.