Shohruhxon "Ketaman" qoʻshigʻining klipini e'lon qildi
E’lon qilingan sana: · 199

Xonanda Shohruhxon 19-iyun kuni oʻzining YouTube sahifasida “Ketaman” qoʻshigʻiga ishlangan klipni e’lon qildi.
Unda faqatgina artistning oʻzi suratga tushgan. Shohruhxon ushbu qoʻshiqda muhabbatni unutish va shodliklarni olib ketish haqida kuylaydi. Klip e’lon qilinganidan 18 soat oʻtib, 126 mingdan ortiq koʻrilgan.
Klipni quyidagi havola orqali tomosha qilish mumkin.