Jastin Biber 4 yil ichida ilk bor yangi albom chiqardi

E’lon qilingan sana· 570
Jastin Biber 4 yil ichida ilk bor yangi albom chiqardi

Xonanda Jastin Biber kutilmaganda yangi “Swag” nomli albomini chiqardi, deya xabar bermoqda Billboard nashri. U mashhur musiqiy platformalarda mavjud.

Reliz uchun promo-fotosessiyada Jastin rafiqasi Xeyli va 11 oylik farzandi bilan birga suratga tushdi. Biberning yettinchi studiyaviy albomida 21 ta yangi qo‘shiq mavjud. Bular “All I Can Take”, “Daisies”, “Yukon”, “Go Baby”, “Things You Do”, “Butterflies”, “Way It Is”, “First Place”, “Soulful”, “Walking Away”, “Glory Voice Memo”, “Devotion”, “Dadz Love”, “Therapy Session”, “Sweet Spot”, “405”, “Swag”, “Zuma House”, “Too Long” va “Forgiveness” hisoblanadi.

Albomda Gunna, Druski, Dijon, Lil B, Cash Cobain va boshqalar bilan duetlar mavjud. Biber Karter Lang, Dilan Uiggins, Daniel Sezar, Mk.gee, Knox Fortune va boshqalar bilan birga “Swag"ga prodyuserlik qilgan.

Avvalgi albom “Justice” 2021-yilda chiqarilgan boʻlib, Billboard 200 reytingida ikki hafta davomida 1-o‘rinni egallab turgandi.

2022-yilda musiqachiga Ramsey Xant sindromi tashxisi qo‘yilgandi. Bu kasallik tufayli yuzining yarmi vaqtincha falaj bo‘lib qolgan. Biroq “Swag” paydo bo‘lishidan bir necha oy oldin, Biber studiyadagi fotosuratlarini baham ko‘rish orqali bir necha bor qaytishga ishora qilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Jastin Biberning "Skylrk" brendi birinchi kolleksiyasini taqdim etdi

Xonanda Jastin Biberning kiyimlar brendi "Slylrk" birinchi kolleksiyasini chiqardi. Buyumlar allaqachon brend rasmiy veb-saytida sotilmoqda.