Merilin Monroning 70 yil oldingi dastxat qoʻyilgan surati 21 ming dollarga sotildi

Bostonda Merilin Monroning fotosuratlari auksionda 21 ming dollarga (265 million soʻmdan ortiq) sotildi. Bu haqda RR Auction kim oshdi savdosi uyi saytida ma’lum qilindi.
Surat 1954-yilda Monro va uning sobiq turmush o‘rtog‘i, beysbolchi Jo Di Majio asal oyida Yaponiyaga yoʻl olganida olingan. 29-yanvar kuni er-xotin San-Fransiskodagi federal binoga bo‘lajak sayohat uchun pasport olish uchun borgan.
Biroq voqea joyida Merilinda kerakli o‘lchamdagi fotosurat yo‘qligi ma’lum bo‘ladi. Shunda Majio xotinini idorada qoldirib, o‘zi “Gentlemen Prefer Blondes” filmi yulduzining surati tushirilgan yaqin oradagi o‘yin avtomatlari zaliga boradi va uning bir nechta kichik suratlarini olib keladi.
Sportchi qaytib kelgach, Merilin suratlardan birini ularga hujjatlarni rasmiylashtirishda yordam bergan xodimga sovg‘a qilishga qaror qiladi. 5×6 santimetr o‘lchamdagi mittigina fotosuratda qizil siyoh bilan “Janob Bolsga rahmat va eng samimiy tilaklarim, Merilin Monro Di Majio”, deb yozilgan.
Di Majio Monroning ikkinchi eri boʻlgan. Uning birinchi turmush o‘rtog‘i Los-Anjeleslik politsiyachi Jeyms Doerti, uchinchisi esa dramaturg Artur Miller bo‘lib, 36 yoshida vafot etgan. Undan biroz oldin esa juftlik ajrashgan.