Konsertida rekvizit singani sabab Ketti Perri havoda osilib qoldi

E’lon qilingan sana· 808
Konsertida rekvizit singani sabab Ketti Perri havoda osilib qoldi

Qo‘shiqchi Keti Perrining San-Fransiskodagi “Lifetimes” nomli gastrolidagi chiqishlaridan birida rekvizit sindi. Bu haqda People nashri xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Perri kapalak ko‘rinishidagi moslama yordamida havoga ko‘tarilib, “Roar” qo‘shig‘ini ijro etgan.

Chiqish davomida xonanda kapalakning ustida kuylaydi, keyin esa rekvizit to‘satdan sinib ketib, Keti tomoshabinlar ustiga yiqilib tushishiga sal qoldi. Konstruksiya to‘satdan pastladi, qo‘shiqchi o‘z o‘rindig‘idan sirpanib ketdi va kuylashni to‘xtatdi.

Perri tayanch qismini ushlab qolishga ulgurdi. Keyin u hammasi joyida ekanini ko‘rsatish uchun qo‘lini ko‘tardi va trekni ijro etishda davom etdi. Kapalak moslamasi bu voqeadan keyin yana qimirlay boshladi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling