"Black Sabbath" rok guruhi solisti Ozzi Ozborn vafot etdi

Afsonaviy musiqachi va “Black Sabbath” guruhi frontmeni Ozzi Ozborn 22-iyul kuni 76 yoshida vafot etdi. O‘lim sababi aytilmagan, u so‘nggi yigirma ikki yil davomida Parkinson kasalligi bilan kurashib kelgan.
“So‘z bilan ifodalab bo‘lmaydigan qayg‘u bilan shuni ma’lum qilamizki, sevimli Ozzi Ozborn bugun ertalab vafot etdi. U oilasi bag‘rida, muhabbat og‘ushida hayotdan ko‘z yumdi”, — deyiladi uning oilasi bayonotida.
So‘nggi yillarda Ozborn bir nechta operatsiyani boshdan kechirgandi va tiklanish uchun uzoq vaqt ketishi ma’lum qilingandi. Ozborn jismoniy zaifligiga qaramay, 2025-yil 5-iyulda o‘zining tug‘ilgan shahri Birmingemda “Back to the Beginning” nomli xayrlashuv konsertini taqdim etgandi.
Ozzi Ozborn 1948-yilda Birmingemda tug‘ilgan va qashshoqlikda oʻsgan. 1968-yilda esa “Black Sabbath” guruhiga asos solgan. Ozborn guruh bilan sakkizta albom yozgan.
"The Last Dance": "Black Sabbath" afsonaviy metal-guruhlar ishtirokida xayrlashuv konsertini berdi
Xevi-metal tarixidagi eng mashhur guruhlardan biri bo‘lgan "Black Sabbath" o‘zining so‘nggi konsertini ona shahri Birmingemda o‘tkazdi. Bu haqda Independent xabar bermoqda.