Rejissyor Tim Byorton Ledi Gaga bilan yana bir loyiha ustida ishlamoqda

“Uensday” filmi rejissyori Tim Byorton kinokartinada rol ijro etgan xonanda Ledi Gaga bilan yana bir loyiha ustida ishlayotganini aytdi. Bu haqda NME nashri xabar berdi.
Jiffoni shahridagi kinofestivalda “Uensday” ikkinchi mavsumining dastlabki to‘rt qismini namoyish etish arafasida rejissyor muxlislarning savollariga javob berdi. Undan pop yulduzi bilan ishlash qanday bo‘lgani haqida savol berildi, Byorton Ledi Gagani maqtab, ular yana bir loyihani ishlab chiqishayotganini aytdi. Rejissyor tafsilotlarni tilga olmadi.
Ma’lumot uchun, Gaga “Uensday” serialining ikkinchi mavsumida Rozalin Rotvud ismli Qora san’at o‘qituvchisi sifatida paydo bo‘ladi. Mavsumning birinchi qismi premyerasi 6-avgustga, ikkinchi qismi esa 3-sentyabrga rejalashtirilgan.
Oldinroq “Uensdey” seriali uchinchi mavsumga uzaytirilgani ma’lum bo‘lgandi. Bundan tashqari, hozirda spin-off serialini yaratish muhokama qilinmoqda. Bo‘lajak loyihalar tafsilotlari hozircha aniqlashtirilmagan.
Netflix kompaniyasining "Uensday" seriali uchinchi mavsumga uzaytirildi
Tim Burton va Jenna Ortega bergan intervyu doirasida asosiy yangilik e’lon qilindi — "Uensdey" seriali uchinchi mavsumga uzaytirildi va allaqachon spin-off bo‘yicha dastlabki muhokamalar olib borilmoqda.