Konsertdagi "xiyonat mojarosi"dan keyin Coldplay guruhi tinglovlari soni 25 foizga oshdi

Astronomer kompaniyasi xodimlarining xiyonati bilan bog‘liq mojarodan so‘ng Coldplay guruhi mashhurligi 25 foizga oshdi. Bostondagi chiqishdan besh kun oldin guruhning tinglovlari soni 28,7 millionga, besh kundan keyin esa 35,7 millionga yetdi. Bu haqda Billboard xabar berdi.
Kompaniya rahbari Endi Bayron va kompaniyaning xodimlar bo‘yicha direktori Kristin Kebot oʻrtasidagi voqea 16-iyul kuni sodir bo‘lgandi. Konsert paytida kameralar ikki xodim birga turganini tasvirga oldi. Bayron darhol Kebotdan o‘zini chetga oldi va yashirinishga urindi, ayol esa qo‘llari bilan yuzini berkitdi.
Rolik ijtimoiy tarmoqlarda hazillarga sabab bo‘ldi. Voqeadan so‘ng Bayron Astronomer bosh direktori lavozimidan iste’foga chiqdi, keyinroq uning ortidan Kebot ham ishdan bo‘shadi. Ushbu voqea asosida videooʻyin ham yaratildi. Unda o‘yinchilar “kiss cam” operatori rolini o‘z zimmasiga olishi kerak.
Kiss Cam: Coldplay guruhi konsertidagi "xiyonat mojarosi" haqida
Coldplay guruhining Bostondagi konserti vaqtida frontmen Kris Martin tasodifan IT kompaniya rahbari bilan birga boʻlgan kadrlar ijtimoiy tarmoqlarda katta muhokamalarga sabab boʻldi.