Oʻzbekistonda Botir Zokirov nomidagi stipendiya joriy qilinadi

E’lon qilingan sana· 305
Oʻzbekistonda Botir Zokirov nomidagi stipendiya joriy qilinadi

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat, san’at va hunarmandchilikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni koʻrib chiqdi. Mutasaddilar ushbu sohalarni boshqarishni takomillashtirish, xalqaro tajribani joriy etish va ularni xalqqa yanada yaqinlashtirishni rejalashtirmoqda.

Oldinroq O‘zbekiston prezidentining qarori bilan Botir Zokirov nomidagi Milliy estrada san’ati instituti tashkil etilgan edi. Endi esa san’atkorning memorial muzeyini tashkil etish, Botir Zokirov nomidagi stipendiyani joriy qilish va xalqaro estrada tanlovini o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Qayd etilishicha, institutning bakalavriat bosqichini tamomlagan eng faol bitiruvchilar chet elga magistraturada o‘qishga yuboriladi hamda iqtidorli talabalarning nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtiroki qo‘llab-quvvatlanadi.

Avvalroq Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va san’at Oliy maktabi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling

Andijonda Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va san'at Oliy maktabi tashkil etiladi