Jastin Biber "Yukon" klipida oʻgʻlini ilk bor ommaga koʻrsatdi
E’lon qilingan sana: · 205

Jastin Biber “Yukon” nomli yangi qo‘shig‘i uchun ishlangan videoklipni taqdim etdi. Qora-oq formatda suratga olingan klipda xonandaning turmush o‘rtog‘i Heyli Biber va ularning 11 oylik o‘g‘li Jek Blues ham ishtirok etadi. Bu kichkintoyning ilk ommaviy chiqishi hisoblanadi.
Klip Biber karyerasining yangi bosqichi, otalik davri boshlanganiga signal bermoqda. Videodagi sahnalar Ispaniya va Italiyada suratga olingan bo‘lib, oq-qora ranglarda ishlangan klip oila, mehr, sokin tabiat va iliq tuyg‘ularni oʻzida jamlagan.
Qo‘shiq Biberning yangi albomi SWAG dan o‘rin olgan bo‘lib, “Yukon” — albomdagi ikkinchi singl sanaladi. Klip qisqa vaqt ichida millionlab koʻrishlar soniga erishib, muxlislar iliq kutib olindi.