Video: Jennifer Lopezning gilamdagi portreti va gender-party
E’lon qilingan sana: · 239

Jennifer Lopezning “Up All Night” konsert turi doirasida 10-avgustda Olmaota shahrida boʻlib oʻtgan konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Konsert davomida xonanda bir nechta xitlarini ijro etgandan so‘ng, undan olmataolik er-xotin birinchi farzandlarining jinsini ma’lum qilishini soʻrab konvert tutqazdilar. JLo konvertni ochib, “Bu qiz bola!” ekanligini aytib bo‘lajak ota-onani xursand qildi.
Bundan tashqari, konsertdan soʻng Jennifer Lopez oʻzining Instagram sahifasida qozogʻistonlik rassom qiz tomonidan gilamga tushirilgan portretini repost qildi. Xonanda bunday kutilmagan sovg‘alarni juda yoqtirishini yozib qoldirgan.