Ulugʻbek Qodirovning "Birinchi muhabbatim" nomli yangi treki premyera qilinadi

E’lon qilingan sana· 508
Ulugʻbek Qodirovning "Birinchi muhabbatim" nomli yangi treki premyera qilinadi

Taniqli o‘zbek kino va teatr aktyori Ulug‘bek Qodirov shaxsiy Instagram sahifasida “Birinchi muhabbatim” nomli yangi qo‘shig‘i tez orada taqdim etilishini ma’lum qildi.

Bu ijodkorning navbatdagi yakkaxon asari bo‘lib, undan avval “Men yulduzman”, “Onajonim” hamda “O‘lganimiz yo‘q” nomli dueti va boshqa ko‘plab qo‘shiqlari tinglovchilarga havola etilgan.

Avvalroq Ulugʻbek Qodirov Qozog‘istonning “Azartnik” nomli badiiy filmida suratga tushgandi. Shuningdek, aktyor bosh rolni ijro etgan yana bir film “Oʻzbek arsloni” (“Kazbek”) filmini suratga olish ishlari yakunlangani haqida xabar berilgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling