Milliy kino san'ati saroyida Ulugʻbek Qodirov rol oʻynagan Qozogʻiston filmi namoyishi boshlandi
E’lon qilingan sana: · 320

Milliy kino san’ati saroyida (sobiq Panorama) 30-apreldan Qozog‘istonning “Azartnik” nomli yangi badiiy filmi namoyish etila boshlandi.
Film qimor va xatolar girdobida yaqinlarini yo‘qotib, ularni qutqarish uchun hayotini xavfga qo‘ygan odamlarning kurashi haqida hikoya qiladi. Unda sadoqat, tavakkal va qasos yo‘lida kechgan voqealar aks etadi.
Filmda Nursultan Meyirbek, Gani Berkinbay, Indira Mendibayeva va shu bilan birga o‘zbek kinoaktyori Ulug‘bek Qodirov ham suratga tushgan.
Yosh chegarasi: 16+
Milliy kino san’ati saroyida namoyish etiladigan barcha filmlar uchun chiptalarni Afisha.uz saytida tez va oson xarid qilishingiz mumkin.