"Formula 1" filmi qachon raqamli formatda chiqishi ma'lum boʻldi

Bosh rolni Bred Pitt ijro etgan “Formula 1” filmi 22-avgust kuni raqamli formatda chiqariladi. Bu haqda Forbes WhenToStream portaliga tayanib, xabar berdi.
Filmning AQShdagi premyerasi 27-iyun kuni bo‘lib o‘tgandi. “Formula 1” syujetiga ko‘ra, sobiq poygachi Sonni Xeys (Bred Pitt) to‘qsoninchi yillarda jiddiy avariyadan so‘ng trekni tark etgan, ammo yillar o‘tib vunderkind poygachi Joshua Pirsga (Damson Idris) murabbiy bo‘lish uchun qaytib keladi. Saundtrek ustida Hans Zimmer, Ed Sheeran va Burna Boy ishlagan. Film ssenariysi Eren Kryuger va Jozef Kosinski tomonidan yozilgan bo‘lib, Kosinskiy rejissyorlik ham qilgan.
Kosinski filmni suratga olish uchun deyarli bir yil vaqt sarflaganini ta’kidladi, “Formula 1” filmidagi deyarli har bir vaziyat, jumladan, avtohalokat sahnalari ham haqiqiy voqealardan ilhomlanilgan. Poyganing asosiy sahnalari butun dunyo bo‘ylab “Formula-1” trassalarida, shu jumladan, Angliyaning Silverstoun shahrida suratga olingan.
Suratga olish jarayonida aktyorlar haqiqiy “Formula-1” poygachilari, xususan, yetti karra jahon chempioni Lyuis Xemilton bilan yaqindan hamkorlik qilgan. U film prodyuseri sifatida ham ishlagan. Kinokartinaga tayyorgarlik ko‘rishda Pitt va Idris ikki yil ichida poyga avtomobillarida 6000 milya (taxminan 10 ming km) masofani bosib oʻtgan.
Avvalroq “Formula 1” Bred Pitt faoliyatidagi eng koʻp daromad keltirgan filmga aylangani haqida xabar berilgandi.