Millionlab qalblarni qozongan sudya Frenk Kaprio vafot etdi

E’lon qilingan sana· 3 727
Millionlab qalblarni qozongan sudya Frenk Kaprio vafot etdi

“Umid qilamanki, odamlar hukumat muassasalari ham mehribonlik, adolat va rahm-shafqat bilan samarali ishlashini anglaydi. Biz juda ziddiyatli jamiyatda yashayapmiz. Shunday bo‘lsa-da, odamlar zulmsiz ham adolatni qaror toptirish mumkinligini ko‘rishidan umidvorman” — deb ta'kidlagan Frank Kaprio.

O‘zining mehribonligi va adolatni insoniylik bilan uyg‘unlashtira olgani bilan dunyo bo‘ylab mashhur bo‘lgan amerikalik sudya Frenk Kaprio 88 yoshida oshqozon osti bezi saratonidan vafot etdi.

Sudyalikdan ijtimoiy tarmoqlar yulduzigacha

Rod-Aylend shtatidagi Providens shahrida tug‘ilib o‘sgan Kaprio qariyb 40 yil davomida mahalliy sudda faoliyat yuritgan. Uning ishtirokidagi “Caught in Providence” (“Providensda tutilganlar”) ko‘rsatuvi orqali sud zalidagi oddiy hayotiy voqealar nafaqat AQShda, balki butun dunyodan millionlab insonlar tomonidan tomosha qilingan.

Uning sud zalidagi noodatiy, samimiy yondashuvi tez orada internet fenomeniga aylandi. YouTube, Instagram va TikTok’dagi qisqa videolarida Kaprio ko‘pincha kichik huquqbuzarliklarni — masalan, maktab hududida tezlikni oshirish, qizil chiroqda toʻxtamaganllik yoki burilish chirog‘ini yoqmaslik uchun jarimalarni ko‘rib chiqardi. Lekin u bunday holatlarni faqat quruq qonun asosida emas, balki insoniylik, empatiya va hazil bilan hal etgan.

Kaprio o‘z faoliyatining oxirgi yillarida o‘zbekistonlik talaba Muhammadobidbek Obidjonov ishtirokidagi ishni ham ko‘rib chiqqan.

“Mehribon sudya” merosi

Kaprio ko‘plab videolarida sud zaliga kelgan bolalarni yoniga chaqirib, ota-onalari ustidan chiqadigan qarorlarni birgalikda qabul qilgan va koʻplab qiziqlarli holatlar uchrab turgan. Shu kabi voqealardan birida sudya kichkina boladan ota-onasining mashinani taqiqlangan joyga qo‘yganligi uchun jarima qo‘llashni so‘ragandagi holat edi.

Ammo, aksariyat holatlarda og‘ir hayotiy sinovlarga duch kelgan odamlarga hamdardlik ko‘rsatib, ularning jarimalarini bekor qilgan.

Shu bois u xalq orasida “dunyoning eng mehribon sudyasi” nomi bilan mashhur va YouTube 'da uning videolari orqali “The Merciful Judge” hamda “The Kind Judge” kabi kanallar yuritib kelinadi.

Oxirgi yillar va hayotiy saboq

2023-yilda u sog‘lig‘idagi og‘ir tashxis — oshqozon osti bezi saratoni haqida ochiq gapirib, kasallikka qarshi “bor kuchi bilan kurashishini” aytgan. O‘sha yili u 40 yillik faoliyatidan so‘ng nafaqaga chiqdi.

O‘zining so‘nggi ijtimoiy tarmoq postlari esa, shifoxonada davolanishi davom etayotganini yozib, barchadan duolarida uni eslashlarini va qo‘llab-quvvatlashlarini so‘ragan.

Kaprio deyarli 60 yil birga hayot kechirgan rafiqasi Joys, besh farzandi, yetti nabirasi va ikki chevarasi bilan katta, mehribon oila qoldirdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling