Labubu o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchisi dunyoning eng boy 100 milliarderi qatoriga kirdi

Bundan bir necha oy oldin Labubu nomli o‘yinchoq mashhur bo‘ldi. Ushbu o‘yinchoqlarni Xitoyning “Pop Mart International” kompaniyasi ishlab chiqaradi. Labubu mashhurligidan so‘ng kompaniya egasi Van Ning Bloomberg Billionaires Index’da dunyoning eng boy 100 nafar odami qatoriga kirdi, u hozirda 85-pozitsiyani egallagan.
2025-yil boshida Pop Mart rahbarining boyligi 7 mlrd dollar atrofida bo‘lgan. Labubu vasvasasi fonida esa kompaniya aksiyalari 250 foizga ko‘tarilib, Van Ningning boyligi 3 baravar oshdi. Uning hozirgi moliyaviy holati 26,9 mlrd dollarga baholanmoqda. Shu tariqa u Bloomberg ro‘yxatida yil boshidagi 400-o‘rnidan 85-o‘ringa ko‘tarildi.
Labubu oʻzi nima? U qanday qilib trendga aylandi? Batafsil quyidagi maqolada.
Pop madaniyatning yangi fenomeni: Labubu haqida batafsil
Nima u? Nega bunday mashhurlikka erishdi? Qanday ma'noni anglatadi – Afisha.uz materialida.