Rejissyor va suratkash Botir Bozorboyev vafot etdi

E’lon qilingan sana· 56
Rejissyor va suratkash Botir Bozorboyev vafot etdi

Taniqli operator, rejissyor va suratkash Botir Bozorboyev 69 yoshda vafot etdi.

Bozorboyev faoliyati davomida bir nechta ilmiy-ommabop va hujjatli filmlarga operator va rejissyorlik qilgan. Masalan, “Dengiz suv so‘raydi” (rej. N.Azimov, 1975), “Orol qizlari” (rej. B.Muzaffarov, 1988), “Dengizga yetmoq” (rej. B.Muzaffarov, 1988), “Ajdar yili” (rej. B.Muzaffarov, 1989), “So‘nggi satr” (rej. N.Abbosov, 2007) va boshqa filmlarda operator sifatida ishlagan.

Rejissyor boʻlib esa “Navro‘z” (1988), “Tinchlik…” (1989) filmlarini suratga olgan. Shuningdek, rejissyor M.To‘ychiyev bilan hamkorlikda “Qadimiy bitiklar,” “Qadimiy tangalar,” “Dunyoni maftun etgan zamin (Maqtov),” “Jayxun sirlari,” “Bebaho meros,” “Registon-Samarqand durdonasi” va boshqa hujjatli filmlar suratga olgan.

Bozorboyev 2025-yilning 16-sentyabrida hayotdan koʻz yumdi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling