Amerikalik aktyor va rejissyor Robert Redford vafot etdi

E’lon qilingan sana· 78
Amerikalik aktyor va rejissyor Robert Redford vafot etdi

Mashhur amerikalik aktyor, rejissyor va produser Robert Redford 2025-yil 16-sentabr kuni Utah shtatidagi Sundance uyida 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda san’atkorning publitsisti Cindi Berger ma’lum qildi.

Redford “Butch Cassidy and the Sundance Kid” hamda “All the President’s Men” filmlaridagi rollari orqali keng tanilgan. U rejissyor sifatida ham katta muvaffaqiyat qozongan: uning “Ordinary People” filmi “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan, “A River Runs Through It” esa tanqidchilar tomonidan yuksak baholangan. Sidney Pollak tomonidan 1972-yilda suratga olingan “Jeremiah Johnson” filmida aktyor ijrosidagi bir parcha bugun internetda mashhur mem sifatida tarqalgan.

San’atkor o‘z nomi bilan atalgan Sundance kinofestivalini tashkil etib, mustaqil kino rivojiga katta hissa qo‘shgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling