Xonanda Adel oʻz hayoti haqida hikoya qiladigan kitob yozadi

E’lon qilingan sana· 68
Xonanda Adel oʻz hayoti haqida hikoya qiladigan kitob yozadi

Koʻplab nashtiyotlarni rad etganiga qaramay, qo‘shiqchi Adel avtobiografiyasini yozishi ma’lum boʻldi. Bu haqda Daily Mail xabar bermoqda.

“Noshirlar Adel bilan uning tarixini hikoya qilish uchun shartnoma imzolashdan juda manfaatdor edi, ammo u har doim rad etgan”, — deydi manba.

Xonanda o‘zining ijodiy yo‘lidan tashqari, shaxsiy hayotiga — bolalik, maktab, ishqiy munosabatlar, onalik mavzulariga ham murojaat qiladi.

Adelning diskografiyasida to‘rtta studiya albomi mavjud boʻlib, ular “19,” “21,” “25” va “30” deb nomlangan. Xonanda faoliyati davomida 16 ta “Gremmi” mukofoti bilan taqdirlangan.

Adel ijro etgan “Skyfall” kompozitsiyasi Jeyms Bond haqidagi filmlar uchun asosiy mavzu sifatida ishlatilgan va “Oskar” mukofotiga sazovor bo‘lgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling