Ed Shiran kosmosdagi birinchi konsertni ijro etish taklifini rad etdi

Britaniyalik musiqachi Ed Shiran BBC Radio 2 radiostansiyasida fazodagi birinchi konsertni o‘tkazish taklifini rad etganini aytdi. Bu haqda Independent xabar berdi. San’atkor kosmosga uchish uni qo‘rqitayotganini tan oldi.
“Men kosmosga uchish bu xuddi 40 ming kishi parvozni amalga oshirgan va chiptalarni onlayn bron qilish mumkin bo‘lgan Fransiyaga uchishdek gap boʻlgandagina chiqishni xohlayman”, — degan u.
Shiranning ta’kidlashicha, u “tajriba quyoniga aylanishga” tayyor emas, chunki parvoz baribir xavfli.
“Bu sayyorada men bormagan joylar bor. Men hech qachon Grenlandiyada bo‘lmaganman”, — deya qo‘shimcha qildi xonanda.
U koinotdagi ilk konsertni aynan kim uyushtirmoqchi bo‘lganini aytmadi. Ammo, Edning fikricha, koʻplab qoʻshiqchilar bu taklifni olgan. Avvalroq Merayya Keri koinotga chiqishni istamasligini aytgandi.
“Men bunday qilmayman, mening bolalarim bor, shuning uchun Ginnes rekordi yoki shunga o‘xshash narsalar uchun tavakkal qilmoqchi emasman. Men farzandlarim otasiz oʻsishi bilan tavakkal qilolmayman”, — deb ta’kidlab o‘tgan Shiran.