Super Bowl Half-Time Show 2026 sahnasida Bad Bunny chiqadi

E’lon qilingan sana· 39
Super Bowl Half-Time Show 2026 sahnasida Bad Bunny chiqadi

Puerto-Rikolik ijodkor Bad Bunny keyingi yilgi Super Bowl LX Half-Time Show dasturida headliner sifatida chiqadi. Bu haqda NFL, Apple Music va Roc Nation 28-sentabr kuni rasman e’lon qildi. Super Bowl Half-Time Show 2026-yil 8-fevral kuni Kaliforniya shtatidagi Santa Klara shahrida joylashgan Levi’s Stadiumda bo‘lib o‘tadi.

Grammy mukofoti sovrindori va eng ko‘p tinglanadigan san’atkorlardan biri sifatida tanilgan Bad Bunny hozirda o‘zining eng faol davrida. U yaqinda Puerto-Rikoda bo‘lib o‘tgan 30 kunlik konsertlarida 500 mingdan ortiq muxlisni jamladi hamda noyabr oyida o‘tadigan Latin Grammy’da 12 ta nominatsiya bilan yetakchilik qilmoqda.

O‘tgan yili Kendrick Lamar New Orleans’dagi finalda SZA bilan sahnaga chiqib, 133,5 million tomoshabin yig‘ib tarixiy rekord o‘rnatgan edi. Bu 1993-yildagi Maykl Jekson ishtirokidagi chiqishni ortda qoldirdi. Shuningdek, 2023-yilda Usher va Rihannani taqdim etgan bo‘lsa, 2022-yilda hip-hop va R&B sohasining mashhur vakillari, jumladan Dr. Dre, Snoop Dogg, Eminem, Mary J. Blige va Lamar, hamda maxsus mehmonlar sifatida 50 Cent va Anderson .Paak ishtirok etishgan.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling