Toshkentda Madina Qosimboyevaning kashtachilik maktab-ustaxonasi ochildi

E’lon qilingan sana· 1 419
Toshkentda Madina Qosimboyevaning kashtachilik maktab-ustaxonasi ochildi

25-oktabr kuni “Suzuk ota” hunarmandlar mahallasida o‘quv markazi, ustaxonalar va galereyani o‘z ichiga olgan Madina Qosimboyevaning kashtachilik maktabi-ustaxonasi ochildi.

Loyiha oʻzbek kashtachiligining qadimiy anʼanalarini asrab qolish, qizlarning oʻqish, ijod qilishi, ilhomlanish va mustaqil boʻlishi uchun makon yaratish maqsadida Oʻzbekiston Prezidenti topshirigʻi bilan ajratilgan yer maydonida amalga oshirildi.

Madina Qosimboyevaning iste’dodi va san’atga fidoyiligi tufayli Toshkentdagi so‘zanado‘zlik maktabi qayta tiklanib, hunarmandchilikni rivojlantirish, madaniy merosni yangi avlodlarga yetkazish maydonchasiga aylandi.

Afisha.uz Madina Qosimboyeva bilan katta intervyu uyushtirgan edi.

Telegram kanalimizga obuna bo‘ling